1

Prezident farmoni bilan xonanda Manzura faxriy unvon bilan taqdirlandi

Shou-biznes 24.08.2016, 23:40
Prezident farmoni bilan xonanda Manzura faxriy unvon bilan taqdirlandi

24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikamiz Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan imzolagan farmoniga ko`ra, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Manzura Yo`ldosheva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, farmonga asosan “O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Mashhurbek Raimjonov, Akbar Atamuhammedov, “O`zbekfilm” kinostudiyasi aktrisasi Nargiza Abdullaeva, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri xor artisti Rasulxon Qodirxonovlar ham ushbu mukofotga loyiq deb topildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1