1

Ulug`bek Rahmatullaev “O`zbekiston respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” faxriy unvoniga loyiq deb topildi

Shou-biznes 24.08.2016, 23:42
Teglar: Ulug`bek Rahmatullaev
Ulug`bek Rahmatullaev “O`zbekiston respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” faxriy unvoniga loyiq deb topildi

24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni imzolandi.

Unga ko`ra, xonanda Ulug`bek Rahmatullaev “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek mazkur mukofot bilan quyidagi san`atkorlar ham taqdirlandi:

Aliev Rixsiboy Usmonovich - “O`zbekfilm” kinostudiyasi aktyori 

Bekmuratov Azat Jaksimbaevich - O`zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori 

Boltaboeva Ma`sumaxon Nosirovna - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti 

Borchaninov Kirill Valerevich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti 

G`afurova Sayyora Akmalovna - O`zbekiston Milliy simfonik, kamer va xalq cholg`ulari orkestrlari jamoalari birlashmasining milliy simfonik orkestri artisti 

Madmusaeva Milena Orifjonovna - “O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi 

Mustafoeva Ra`no Qarshievna - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri vokal artisti 

Nishonov Bahodir Isanovich - O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori 

Pirmatova Nodira Yigitalievna - O`zbekiston davlat konservatoriyasi an`anaviy ijrochilik kafedrasi katta o`qituvchisi, xonanda 

Hakimova Mehri Abduqodirovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori 

Shorahmetova Nigina Amanboevna - “Sabo” raqs ansambli raqqosasi

Sharhlar

Ulug`bek Rahmatullaev lisenziyasidan mahrum bo`ldi!

27.06.2018, 12:06

“O`zbekkonsert” Davlat muassasasi o`zining saytida rasmiy bildirishnoma e`lon qildi... Unda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaevning lisenziyasi tugatilganligi bayon qilingan. “Lisenziat Ulug`bek Raxmatullaev bilan tuzilgan...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
"​Qarindoshlar bilan ishlash oson emas"

14.05.2018, 12:22

Biroz avval Ulug`bek Rahmatullaevning, hamkasbi Ziyoda Qobilovaga yo`llagan savollarini taqdim etgan edik. Endi ular o`rin almashishdi. Ziyoda doimiy duetdoshi Ulug`bek Rahmatullaevga beshta savol bilan murojaat...
​"Qiz farzand ko`rish istagim ham amalga oshadi..."

14.05.2018, 11:52

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ulug`bek Rahmatullaev va Ziyoda Qobilovalar juda ko`p duet kuylashgan. Tabiiyki, hamkorlik davrida turli savollar ham tug`iladi. Anglaganingizdek, ikki ijodkorning o`zaro kichik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1