"O`zgidromet" 18-21 oktyabrga ob-havo bashoratini elon qildi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatila havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18°, 20 oktyabrda kechasi 2-7°, kunduzi 17-22°, 21 oktyabrda kechasi 2-7°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, 19-21 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 18 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-21 oktyabrda kechasi 3-8°, 19 oktyabrda 13-18°, 20-21 oktyabrda 20-25° iliqgacha ko`tariladi, Navoiy viloyatining shimolida 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktyabrda kechasi 0-5°, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18°, 20 oktyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo`ladi. 21 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, 19 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20-21 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat 18 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 19 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°, 20-21 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, 19 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20-21 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat 18 oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 19 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 20 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 21 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, 19 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20-21 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat 18 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-21 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-20 oktyabrda 15-20°, 21 oktyabrda 17-22° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 18-19 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanishi mumkin), 20-21 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°,19 oktyabrda kechasi 2° sovuqgacha-3° iliqgacha, kunduzi 3-8° iliqgacha, 20 oktyabrda kechasi 0-5°, kunduzi 5-10°, 21 oktyabrda kechasi 0-5°, kunduzi 8-13° iliq boladi.
16.10.2022 20:04