AsosiyJamiyat

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi

'Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda Odob-ahloq komissiyasi to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. 

Bu bilan fuqarolik xizmatchilarining kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-ahloq qoidalari tartibga solinadi.

Namunaviy qoidalarga ko`ra, xizmatchilar o`z faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: 

  • davlat xizmatining obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan xatti-harakatlardan tiyilish; 
  • mas`uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
  • murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko`maklashish va boshqadar.

Ma`lumot o`rnida, davlat organlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar o`z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-ahloq qoidalarini tasdiqlaydi.

    Boshqa yangiliklar