Qashqadaryo viloyatida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sоdir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 16 oktyabr kuni soat taxminan 21:15 larda haydovchi R.O‘. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasini A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘li “G‘uzor-Qarshi” yo‘nalishining 9 km.ga kelib, orqaga qayrilib olish belgilanmagan joydan avtomobili bilan to‘satdan orqaga qayrilgan.
Shu payt G‘uzor tumani IIB xodimi X.B. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomobili bilan harakatlanib kelib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan “Damas” rusumli avtomobilni orqa tomonidan urib yuborgan. Taʼkidlanishicha, IIB xodimi xizmatdan tashqari, hushyor holatda bo‘lgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi R.O‘. boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, o‘zini yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Yo.Q. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-1” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida “Damas” rusumli avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G‘uzor tumani “Avg‘onbog‘” MFYda yashovchi fuqaro T.S. shifoxonaga olib borilib, stotsionar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.






