Bugun, 17 oktyabr kuni soat 13.30 larda Mirobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida 3 ta avtomashina (“MAN” yuk avtomashinasi, “MAN”avtobus va Neksiya-3) ishtirokida “Yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda YXHB xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 1991 y.t M.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi (tirkamali) Mirobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasi bo`ylab harakatlanib ketayotib, tormoz tizimida nosozlik paydo bo`lishi natijasida haydovchi tomonidan “MAN” yuk avtomashinasini to`xtatishni imkoni bo`lmaganligi sababli, oldinda shu yo`nalishda xarakatlanib kelib, Farg`ona yo`li ko`chasi “HAVAS” super market binosi qarshisidagi, “Tartibga solingan piyodalar o`tish joyi”da svetaforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog`ida to`xtab turgan 1972 yilda tug`ilgan A.F. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobusning orqa chap qismiga kelib urilgan. Natijada “MAN” yuk avtomashinasini kabina qismi maxkamlangan joyidan uzilib erga tushish natijasida, sirpanib borib svetaforning qizil chirog`ida to`xtab turgan 1973 yilda tug`ilgan D.G. boshqaruvidagi “Neksiya-3 rusumli avtomashinaga urilib shikast etkazgan.
Hodisa natijasida tan jaroxat olganlar yo`q.
17.10.2022 17:10