AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining "oltin halqasi" yaratiladi. Bu bo`yicha maxsus kompaniya tuziladi

'Toshkent viloyatining "oltin halqasi" yaratiladi. Bu bo`yicha maxsus kompaniya tuziladi'ning rasmi

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoev 17 oktyabr kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Taqdimotda ma`lum bo`lishicha, Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo`stonliq tumanlarini bog`laydigan Toshkent viloyatining «oltin halqasi» tashkil etilishi belgilandi.

Bu bo`yicha alohida bosh reja ishlab chiqilib, Parkentdagi turizm hududiga olib boruvchi yo`llar yaxshilanishi, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari quvvati oshirilishi rejalashtirilgan. Qarovsiz adirliklarga suv chiqarilib, soya-salqin maskanlar ko`paytiriladi. Umuman aytganda, infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uchun istiqbolli hududlar auksionga qo`yiladi.

Davlat rahbari bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy loyiha ekanini ta`kidlab, infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi. 

 

    Boshqa yangiliklar