AsosiyJamiyat

O`tgan 9 oy davomida maktabgacha ta`lim tizimida qariyb 27 mlrd. so`mlik moliyaviy xato va kamchilik moliyaviy qonunbuzilishi aniqlangan

'O`tgan 9 oy davomida maktabgacha ta`lim tizimida qariyb 27 mlrd. so`mlik moliyaviy xato va kamchilik moliyaviy qonunbuzilishi aniqlangan'ning rasmi

Bugun  AOKAda Xalq ta`limi va Maktabgacha ta`lim vazirliklari mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida tizimlardagi ichki audit xizmati faoliyati tahlili to`g`risida ma`lumot berildi.

 Maktabgacha ta`lim tizimida 4 mlrd.dan oshiqroq mablag` plastik kartochka orqali ortiqcha to`lovlarga, yana shuncha pul oziq-ovqat mahsulotlari uchun, salkam 9 mlrd so`m asossiz ish xaqi va qo`shib yozilgan bola soni, 4 mlrd 405 mln so`m manfaatlar to`qnashuvini keltirib chiqargan holadagi xaridlarga, qariyb 2 mlrd so`m asossiz kommunal to`lovlariga va 2 mlrd 124 ming so`m tashkilotlar va byudjet hisobiga qo`shimcha hisoblangan mablag`larga yo`naltirilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan o`rganish ishlari natijasida rasmiylashtirilgan 272 ta hujjat qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.

Xalq ta`limi tizimida 619 ta nazorat tadbirida 64,8 mlrd. so`mlik moliyaviy qonun buzilish (shundan, 12,1 mlrd. so`mlik o`zlashtirish) holatlari aniqlandi. 

 Aniqlangan holatlar bo`yicha huquqiy baho berish va qonuniy chora ko`rish maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari bo`lgan o`rganish materiallari vakolatli organlarga taqdim etildi.

Bundan tashqari, fuqarolar ishtirokida nazorat tadbirlari o`tkazilishi yo`lga qo`yilgan bo`lib, vazirlik tomonidan joriy yil 1-10 oktyabr kunlari fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida nazorat ob`ektlarini tanlash jarayoni o`tkazildi.

Natijalarga ko`ra, Davlat audit (www.davlatauditi.uz) tizimida 107 nafar fuqaro tomonidan 53 ta nazorat ob`ektlari uchun ovoz berilib, shundan eng ko`p marotaba tanlangan 3 ta ob`ektda joriy yil noyabr oyida o`rganish o`tkazilishi rejalashtirildi.

    Boshqa yangiliklar