Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`teazildi.
Unda, fuqaro M.R. boshqa bir fuqaro E.ni tanishlari yordamida viloyat Perinatal markaziga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo`yishi evaziga 5 mln so`mni olganligi, shuningdek, fuqaro Z.ga chet davlatdan stomotologik uskuna keltirib berishi evaziga 4 000 AQSh dollari va 11,8 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Muborak tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi AKT xodimi M.E. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.