Bugun, 17 oktyabr kuni soat 11:10 larda Farg`ona viloyatida joylashgan "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJda baxtsiz hodisa yuz bergan.
"O`zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJ hamda "Metall Universal 777" MChJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxona hududida, jumladan, qadoqlash sexida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari jarayonida, o`g`it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o`rnatish vaqti bunker tayanchlarini kesish oqibatida u qulab tushgan.
Natijada, "Metall Universal 777" MChJ ishchisi qulab tushgan bunker ostida qolib, vafot etgan.
"Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.