AsosiyJamiyat

5 ta tumanga yangi hokim tayinlandi

'5 ta tumanga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning tegishli qarorlari bilan qator o`rinbosarlar vazifasidan ozod etilib, hokimlikka rahbar etib tayinlandi.

Ular quyidagilar:

  • Mirzaev Akmal Arzievich Sardoba tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlagan.
  • Latifjonov Azizbek Raximovich Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
  • Berdikulov Sirojiddin Valikulovich Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimida ishlagan.
  • Inomov Xamidullo Tadjievich Farg`ona tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas`ul xodimi lavozimida ishlagan.
  • Ummatov Bekzod Hamzaevich Asaka tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi rais o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar