Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi 2001 y.t., fuqaro Q.E. ariza bilan murojaat qilib, uning nogiron akasi uchun viloyat hokimiyati tomonidan bank kartasiga berilgan 22.000.000 so`m miqdordagi pullar noma`lum shaxs tomonidan echib olinganligi va ularni qaytarishda yordam so`rab murojaat qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 1993 y.t., B.R. sodir etganligi aniqlangan.
B.R. ushbu jinoyatni fuqaro Q.E.ga telegram messenjeri orqali aloqaga chiqib, ehson tariqasida pul o`tkazib berishini bildirib bank kartasi ma`lumotlarini qo`lga kiritgan va bank kartasidagi pullarni o`zlashtirgan.
B.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.