AsosiyJamiyat

Novosibirsk-Andijon-Novosibirsk reysi texnik sabablarga ko`ra kechiktirildi

'Novosibirsk-Andijon-Novosibirsk reysi texnik sabablarga ko`ra kechiktirildi'ning rasmi

“IrAero” aviakompaniyasining Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk yo`nalishidagi parvozi texnik nosozlik tufayli kechiktirildi. Hozirda samolyotga Novosibirsk aeroportida texnik xizmat ko`rsatilmoqda. Parvoz Novosibirsk vaqti bilan, soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan.

“Andijon” aeroporti parvozlar jadvali o`zgarganligi ortidan reysni qabul qila olmasligi sababli, IAE7771 reysi Farg`ona aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da etib keladi.

Farg`ona aeroportidan qaytish reysi 18 oktyabr kuni soat 18:45 ga belgilangan. Novosibirskka etib kelish esa 21:15 da rejalashtirilgan.

IAE7772 reysi yo`lovchilariga Andijon aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da etib kelishadi.

Shu munosabat bilan, Novosibirskga IAE7772 reysi bilan uchayotgan yo`lovchilar uchun Andijon aeroportidan Farg`ona aeroportiga transfer tashkil qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar