AsosiyJamiyat

Kredit olishda garov xatini onlayn yoki DXM orqali rasmiylashtirish taklif qilinmoqda

'Kredit olishda garov xatini onlayn yoki DXM orqali rasmiylashtirish taklif qilinmoqda'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Unda  “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda ko`rib chiqildi.

Qayd etilganidek, loyiha bilan  “Ipoteka to`g`risida”gi qonunga onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markaziga borish orqali garov xatini rasmiylashtirish, garov xati bilan bog`liq boshqa harakatlarni amalga oshirish maqsadida o`zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.  

Elektron garov xati konsepsiyasining joriy qilinishi garov xatini rasmiylashtirish, uni berish, qayta moliyalash jarayonini soddalashtiradi.

 Bundan tashqari, garov xatini onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markazlariga borish orqali rasmiylashtirish xarajatlarni kamaytirish, vaqtni tejash hamda garov xatidan foydalanish imkoniyatini oshiradi

Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e`tirozlar bildirilgan. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga etkazish bo`yicha takliflar aytilgan.  Qonun loyihasi birinchi o`qishda deputatlarning ko`pchilik ovozi bilan ma`qullanmagan.

 

    Boshqa yangiliklar