Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan o`zini tashlab yuborganligi haqida videoxabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Mazkur hodisa Navoiy shahrida sodir bo`lganligi haqida ma`lumot olindi.
Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma`lumotlar e`lon qilinadi.