AsosiyDunyo

"Eslaymiz ... Motam tutamiz ..." Rossiyada harbiy samolyot qulashi natijasi 15 kishi qurbon bo`lgan

'"Eslaymiz ... Motam tutamiz ..."  Rossiyada harbiy samolyot qulashi natijasi 15 kishi qurbon bo`lgan'ning rasmi

Avvalroq Rossiyaning Eyskda shahridagi turar-joy binosi ustiga Su-34 harbiy samolyoti qulab tushgani, shuningdek, Putin Krasnodar o`lkasi rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi rahbarlariga Eyskga uchib ketishni tayinlagani haqida xabar bergandik.

Seshanba kuni Eyskdagi harbiy samolyot halokatida jarohatlanganlardan biri kasalxonada vafot etdi va qurbonlar soni 15 kishiga etdi, deya ma`lumot berilmoqda xorij OAVlarda.

Qayd etilishicha, halok bo`lganlar orasida uch nafar bola ham bor. Shuningdek, shifoxonada 19 nafar yarador bor. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu haqda ma`lumotlarni ulashgan.

Ma`lum bo`lishicha, Krasnodar o`lkasi ma`muriyati vayronalarni tahlil qilish yakunlanganini e`lon qilgan. So`nggi marhum samolyot dvigatelining yonib ketgan qoldiqlari ostidan topildi, deydi gubernator Veniamin Kondratev.

Ta`kidlanishicha, qisman vayron bo`lgan uchta kirish joyini tiklash besh oygacha davom etishi mumkin, binoni buzib tashlamaslikka qaror qilingan.

Mudofaa vazirligi xabariga ko`ra, Su-34 samolyoti dvigatelida yong`in chiqqandan so`ng o`quv parvozi vaqtida turar-joy hududiga qulagan. Ikki uchuvchi halokatdan oldingi so`nggi lahzada uchib ketgan.

    Boshqa yangiliklar