Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxning Zomin tumani tog`lari hamda Qashqadaryoning baland Hisor tog` tizmasiga qor yoqqani aks etgan videolar tarqaldi.
"O`zgidromet" ushbu xabarni tasdiqladi va bu holatni respublika hududlariga kirib kelgan g`arbiy havo oqimlarining ikkinchi bosqichi baland tog`larga qor yog`ishiga olib kelgani bilan izohladi.
Shuningdek, "O`zgidromet" bugun tog`larda qor yog`ish masshtabi kengayishi hamda Toshkent viloyati baland tog`larida ham qor yog`ishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Darvoqe, hozir "Qamchiq" dovonida harorat +2 daraja. Yuqori ehtimol, bugun dovonning yuqori qismida mavsum uchun birinchi qor yog`ishiga guvoh bo`lishadi, deyiladi xabarda.