Energetika vazirligi mutaxassislarining prognozlariga ko`ra, havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi elektr ta`minotidagi uzilish holatlariga olib kelishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektr uzatish liniyalarida to`plangan chang, shuningdek, yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilikning ko`pligi elektr energiyasini uzatishda nosozlikka olib kelishi mumkin.
Xususan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida qisqa muddatli elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Hozirda bu borada tezkor guruhlar tuzildi. Iltimos, bunday holatlar haqida mahalliy elektr ta`minoti kompaniyalariga xabar bering.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi vazirlik xabarida.