Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi iste`molchilarni issiqlik bilan ta`minlash maqsadida, 2022 yil 19 oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo`lga qo`yiladi.
Muvofiq ravishda, 22 oktyabrdan ijtimoiy soha ob`ektlari va 24 oktyabrdan ko`p qavatli turar-joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta`minlash boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma`lum qildi.