AsosiyJamiyat

​​Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot favqulodda Samaraga qo`ngan

'​​Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot favqulodda Samaraga qo`ngan'ning rasmi

Azimut aviakompaniyasining Moskva-Urganch yo`nalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti Samara shahrida favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Bunga yo`lovchining sog`lig`ining yomonlashgani sabab bo`lgan. Bu haqda Uzbekistan airways xabar bermoqda.

Jadvalga ko`ra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qo`nishi kerak edi. Majburiy qo`nish sababli parvoz kechiktirilmoqda. Xususuan, Urganch aeroportiga etib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan. Urganchdan jo`nash esa soat 11:00 da rejalashtirilmoqda. Vnukovo aeroportiga etib kelish Moskva vaqti bilan soat 13:00 ga rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar