AsosiyJamiyat

2022 yilda O`zbekistonda mansabdorlarning qonunga xilof harakatlari ko`paygan

'2022 yilda O`zbekistonda mansabdorlarning qonunga xilof harakatlari ko`paygan'ning rasmi

Bu ishlar Pensiya jamg`armasi, Davlat Soliq Qo`mitasi, hokimlik hamda boshqa qator davlat idoralarida kuzatilgan, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbirlari ayni paytda Toshkent shahar ma`muriy sudi tomonidan o`tkazilayotgan brifingda.

2022 yilning 9 oyi davomida qator ma`muriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish, bilan bog`liq ishlar nisbatan ko`proq ko`rilgan. 

Bu haqda ayni vaqtda Toshkent shahar ma`muriy sudi tomonidan o`tkazilayotgan brifingda ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbirlari.

Tadbir jarayonida ta`kidlanishicha, quyidagilarning harakatlari g`ayriqonuniy deb topilgan:

  • Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 433 ta ish ko`rilgan. Shundan, 403 tasi qanoatlantirilgan, 14 tasi rad qilingan, 3 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 13 tasi ish yuritishdan tugatilgan;
  • Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 510 ta  (o`tgan yili 353 ish) ko`rilgan. O`tgan yilning mos davriga nisbatan 31 foizga o`sgan. Shundan, 348 tasi (o`tgan yili 209 tasi) qanoatlantirilgan, 81 tasi rad qilingan, 70 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 11 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, Ishlarni ko`rish natijalari bo`yicha chiqarilgan sad ta`sir choralarining asosiy qichmi, ya`ni 102 tasi yoki 45,7 foizi soliq idoralari mansabdor shaxslarida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan ;
  • Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 301 ta ish ko`rilgan. Shundan, 77 tasi qanoatlantirilgan, 176 tasi rad qilingan, 15 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 33 tasi ish yuritishdan tugatilgan (mahalliy hokimliklar bilan bog`liq ishlar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 foizga kamaygan hamda rad qilingan ishlar soni ham ko`rilgan ishlarning 58,5 foizini tashkil etishini hisobga oladigan bo`lsak, mazkur organlarda ish ancha yaxshi tashkil qilinayotganligidan darak beradi);
  • Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog`liq 223 ta (o`tgan yili 149 ta ish) ko`rilgan bo`lib, shundan 
    43 tasi qanoatlantirilgan, 116 tasi rad etilgan, 43 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 21 tasi esa ko`rmasdan qoldirilgan (o`tgan yilga nisbatan 49,7 foizga oshgan); 
  • Adliya organlari (intellektual mulk agentligi, notarius, FHDYo, davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 80  ta (2021 yilda 65 ta) ish ko`rilgan. Shundan, 33 tasi qanoatlantirilgan, 34 tasi rad qilingan, 10 ta ish yuritishdan tugatilgan, 3 tasi  ko`rmasdan qoldirilgan.
  • "Fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga oid ishlarni ko`rish bo`yicha" MFY sayloviga oid Toshkent shahar ma`muriy sudlarining birinchi instansiyasi tomonidan jami 7 ta ish ko`rilgan bo`lib, shundan 4 ta ish bo`yicha arz qilingan talab rad qilingan, 2 ta ish bo`yicha ariza talabi qanoatlantirilgan, 1 ta holatda ariza ish yuritishdan tugatilgan.

 

"Bundan tashqari, Din ishlari qo`mitasi va O`zbekiston Musulmonlari idorasiga nisbatan masjidni ro`yxatdan o`tkazmaslikdagi harakatlari bilan bog`liq; 

Mudofaa vazirligining uy-joy komissiyasiga nisbatan uy-joylarni xususiylashtirish bilan bog`liq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasiga nisbatan oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish masalasidagi; Shahar, tuman migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlariga nisbatan doimiy ro`yxat (propiska)ga qo`yish va undan chiqarish bilan bog`liq nizolar ham Toshkent shahar ma`muriy sudlarida ko`rib kelinmoqda",-deydi Ulug`bek Almamedov Toshkent shahar ma`muriy sudi raisi.

    Boshqa yangiliklar