AsosiyJamiyat

Surxondaryoda gaz portlashi natijasida uy egasi va uning farzandi kuyib jarohatlandi

'Surxondaryoda gaz portlashi natijasida uy egasi va uning farzandi kuyib jarohatlandi'ning rasmi

Bugun, 19–oktyabr kuni kuni soat 02:43larda Uzun tumani “Mehnat” MFY Surxonboshi ko`chasidagi uylardan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lganligi to`g`risida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.  Bu haqda FVV xabar berdi.

Hodisa joyiga tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borilgan.

Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi yashash uyining erto`lasida bo`lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to`plangan va havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan.

Chaqnash oqibatida xonada bo`lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohati olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.  

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan maishiy gaz ballonidan foydalanish qoidalariga rioya qilish szralmoqda.

    Boshqa yangiliklar