Buxoro viloyatining Qorako`l tumanidagi uyda gaz chaqnashi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Ta`kidlanishicha, joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 08:55 atrofida Qorako`l tumani, Quyi xo`jalar qishlog`ida yashovchi N.R.ning uyida gaz chaqnashi oqibatida portlash sodir bo`lgan. Oqibatda 2014 yilda tug`ilgan, 2-sinf o`quvchisi J.S. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.