Xalq ta`limi vazirligi sovuq ob-havo sharoitida o`quvchi qizlarning maktabga shim kiyishlariga ruxsat berilganligini eslatdi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan (2018 yil 15 avgustda qabul qilingan ) sovuq ob-havo sharoitida o`quvchi qizlarga maktab formasiga mos klassik uslubdagi shim kiyishga ruxsat beriladi.