Samarqanddagi avtohalokat haydovchi va yangi tug`ilgan chaqaloqning hayotiga zomin bo`ldi. Halokat 18 oktyabr kuni Jomboy tumanidagi "4K-502" "Shirinkent-G`azira" avtomobil yo`lining 10-kilometrida sodir bo`lgan.
Viloyat IIB xabariga ko`ra, “Spark” haydovchisi N.N. qarshi tomonga chiqib ketishi natijasida, “Neksiya” bilan to`qnashib ketgan. Hodisa oqibatida ikki kishi — "Spark" avtomobili haydovchisi va shifoxonadan olib kelinayotgan uch kunlik bola halok bo`ldi. Chaqaloq “Neksiya” mashinasida bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasiga asosan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.