AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaroni Qozog`istonga o`qishga kiritib, keyin "ToshMI"ga "perevod" qilib bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Toshkentda fuqaroni Qozog`istonga o`qishga kiritib, keyin "ToshMI"ga "perevod" qilib bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Mirobod tumanida o`qishga kiritib qo`yishni va o`qishni ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda. 

Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda,  muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.J., fuqaro F.ni yuqori tanishlari yordamida qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi universitetga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berishi evaziga 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar