AsosiyJamiyat

“Muruvvat” uylarida yashayotgan muruvvatga muhtojlar...

'“Muruvvat” uylarida yashayotgan muruvvatga muhtojlar...'ning rasmi

Samarqand viloyati, Urgut tumandagi erkaklar va ayollar “Muruvvat” uylari Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o`rganilganda muassasalarda yashovchi ayrim bemorlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo`qligi aniqlangan. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati ma`lum qildi.

“Muruvvat” uyi mutasaddilarning qayd etishicha, bir qarashda arzimagan ko`ringan hujjat vaqt o`tib jiddiy muammolarga sabab bo`lishi mumkin. Hatto to`liq davlat qaramog`ida bo`lgan bu kishilarga muruvvat ko`rsatishning iloji bo`lmay qolishi mumkin. Muammoning echimini sud orqali hal qilish mumkin. Biroq bu borada “Muruvvat” uyi qilgan murojaat tegishli xarajat talab qiladi. Tabiiyki, muassasada bunday holatlar uchun ko`zda tutilgan mablag` mavjud emas.

Ta`kidlanishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Muruvvat” uylaridagi 9 nafar bemorlar manfaatida sudga da`vo arizalar kiritilgan.

O`z navbatida tegishli davlat idoralari bilan yozishmalar orqali 9 nafar ruhiy xastaligi bor bemorlarning zarur hujjatlari to`planib, sudga taqdim etilgan.

2022 yilning 18 oktyabr kuni Ombudsmanning da`vo arizasi Fuqarolik ishlari bo`yicha Urgut tumani sudining sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi.

“Muruvvat” uylarining o`zida o`tkazilgan sud majlisi yakunida 6 nafar bemorni tug`ilganlik faktini belgilash haqidagi da`vo arizalar qanoatlantirildi. 3 nafar shaxsning hujjatlari topildi.

Sud qarori asosida qayd qilingan kishilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat - fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilib beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar