Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda tadbirkor ayolning harbiy qismda shartnoma asosida ochgan tikuv sexi yopilganligi hamda ofiserlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar o`rtasida kelishmovchilik yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Ta`kidlanishicha, haqiqatan ham Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism infratuzilmasi o`zgartirilishi sababli fuqaro N.A. Xodjimuratovaga harbiy qism hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi uchun ijara shartnomasiga asosan ajratilgan joy (tikuv sexi) o`rniga harbiy qism hududidan boshqa joy taqdim etilgan hamda tadbirkorning norozi bo`lib bergan da`vo arizasi sud tomonidan rad etilgan.






