AsosiyJinoyat

Surxondaryoda kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ mas`ul shaxs qo`lga olindi

'Surxondaryoda kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ mas`ul shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “J.J.” MChJ rahbari D.T. va ta`sischisi A.I. hududiy tijorat banki filialidan issiqxona qurish uchun ajratilgan 450 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini maqsadsiz sarflaganliklari, shuningdek A.I. o`zining nomiga “A.J.” nomli MChJni tashkil etib, soxta hujjatlar orqali yana 600 mln so`m imtiyozli kredit olishga erishib, kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Narpay tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N” MChJga 12 ta fermer xo`jaligiga tomchilatib sug`orish texnologiyalarini etkazib berish uchun ajratilgan kredit mablag`larining 536,4 mln so`mini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar