Forbes jurnali dunyo bo`yicha eng ko`p haq to`lanadigan aktyorlar reytingini e`lon qildi, deb yozadi “Vesti”. Ma`lum bo`lishicha, bu mavsumda 64,6 million dollar ishlab topgan Dueyn Jonson eng omadli kino yulduz deb topilgan. Bu 2015 yildagi ko`rsatkichga nisbatan ikki martaga ko`proq hisoblanadi. Aktyorga “Forsaj” filmining 2017 yilda namoyish etiladigan yangi qismi va “Bir yarimta josus” filmlari omad keltirgan.
O`ntalikdan quyidagi aktyorlar joy olgan:
Jeki Chan (61 million dollar);
Mett Deymon (55 million);
Tom Kruz (53 million);
Jonni Depp (48 million);
Ben Afflek (43 million);
Vin Dizel (35 million);
Shohruh Xon (33 million);
Robert Dauni-kichkina(33 million);
Akshay Kumar (31,5 million).
Avvalroq nashr yilning eng ko`p haq to`langan aktrisalari ro`yxatini e`lon qilgan edi. Unga ko`ra ro`yxatning birinchi o`rnini Jennifer Lourens egalladi.