AsosiyDunyo

Istanbulning mashhur “Otaturk Madaniyat Markazi” Ko`krak bezi saratoni oyi uchun pushti rangga burkanadi

'Istanbulning mashhur “Otaturk Madaniyat Markazi” Ko`krak bezi saratoni oyi uchun pushti rangga burkanadi'ning rasmi

“Otaturk madaniyat markazi” (AKM) ko`krak bezi saratonining erta tashxisiga e`tiborni oshirish uchun 3 kun davomida pushti rangli nur bilan yoritilgan. Taksim maydonida joylashgan Istanbulning “San`at va madaniyat” markazi Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti” tomonidan e`lon qilingan ko`kprak bezi saratoni haqida xabardorlik va ogohlik oyini qo`llab-quvvatlash uchun 15 oktyabrga qadar pushti rangga burkanadi. Taksim maydoniga har kuni millionga yaqin odam tashrif buyuradi.

Loyiha haqida gapirgan “Otaturk madaniyat markazi” Bosh san`at direktori Remzi Buxarali: “San`at o`zining ta`sir kuchi bilan har tomonlama ommaning ongini oshiradi. “GE Health Care” shirkati tashabbusi bilan biz ayollar salomatligi uchun muhim bo`lgan ko`krak bezi saratoniga erta tashxis qo`yishga e`tiborni qaratish o`ta muhimligiga urg`u berish uchun “AKM” ning ramziy binosini pushti rang bilan yoritamiz. Pushti chiroqlar san`at tomoshalaridan bahramand bo`lish uchun kelgan va Taksim maydoniga tashrif buyurgan odamlar uchun o`ziga xos eslatma bo`lib hizmat qiladi.”

Ko`krak bezi saratoni 30 % ayollarda eng ko`p uchraydigan saraton turidir, har 8 ayoldan 1 nafari uchun xavf tug`diradi. Shunga qaramay, bu erta tashxis qo`yish bilan bir vaqtning o`zida oldini olish va davolash mumkin bo`lgan kasallik turi hisoblanadi. Shu sababli, “Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti” oktyabr oyi “Ko`krak bezi saratoni haqida xabardorlik va ogohlik oyi” deb e`lon qilinganidan beri ko`krak bezi saratoni to`g`risida ogohlikni oshirish uchun dunyo bo`ylab tadqiqotlar olib bormoqda. Turkiyaning eng muhim madaniyat va san`at muassasalaridan biri hisoblangan “AKM” ayollar salomatligi uchun muhim masalaga e`tibor qaratish maqsadida 3 kun davomida pushti rangda yoritiladi.

Boshqa yangiliklar