1

Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo`lgan suratiga izoh berildi

Shou-biznes 26.08.2016, 17:10
Teglar: Instagram, Shohruhxon, Asal Shodieva
Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo`lgan suratiga izoh berildi

Xonanda Shohruhxon o`zining  Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati keng muhokamalarga sabab bo`lgani haqida xabar bergan edik

Mazkur xabar saytga joylanganidan so`ng, o`zini xonandaning ma`muri deb tanishtirgan Sirojiddin Jo`raev “Darakchi.uz” sayti tahririyatiga qo`ng`iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

Uning aytishicha, Shohruhxon sahifasiga joylagan, o`rtasidan bo`lingan yurak tasviri uning yangi qo`shig`i piari ekan. 

Ma`murning so`zlariga ko`ra, Asal Shodievaning sahifasidan birga tushgan suratlari o`chirilishiga esa muxlislarning turli ma`nodagi izohlari sabab bo`lgan ekan. 

Sirojiddin Jo`raevning ta`kidlashicha, Shohruhxon va Asal hozirda shaxsiy hayotda ham, ijodda ham birga. Shohruhxonning yangi klipida ham rafiqasi Asal suratga tushmoqda.  

Biroq Shohruhxon ham o`z sahifasidan Asal bilan to`ydan keyin tushgan suratlarini o`chirib tashladi. 

Shohruhxon avvaliga qoq o`rtasidan bo`lingan suratni yigit va qiz ikki tomonga ko`tarib ketayotgani aks etgan suratni joylab, muxlislar o`rtasida turli mish-mishlar yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Keyinroq esa uni o`chirib tashladi, ammo uning o`rniga mish-mishlarni “olovlantirgan” boshqa bir surat joyladi. Unda rus shoiri M.Lermontovning Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, meni hech kim tushunmadi va men nafratlanishga o`rgandim" degan so`zlari keltirilgan edi. Oradan bir muddat vaqt o`tgach, xonandaning sahifasidan bu surat ham yo`qolib qoldi. 

Agar ma`mur aytganidek, bu xatti-harakatlar piar bo`lsa, nima sababdan suratlar o`chirib tashlandi? Bu tushunarsiz.

Sharhlar

Xorazmda “Instagram”dagi rasmlarni o`chirish uchun 5 000 dollar so`ragan shaxs ushlandi

12.10.2021, 12:36

Xorazmda “Instagram”dagi rasmlarni o`chirish uchun 5 000 dollar so`ragan shaxs ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.O`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. S.ning nomiga ochilgan...
Shohruhxon 54 yoshga kirdi va tug`ilgan kunini hayratlanarli nishonladi

05.11.2019, 10:28

2 noyabr kuni Shohruhxon 54 yoshga to`ldi va tabiiyki,  Bollivud yulduzining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari do`stlari va muxlislarining yaxshi tilaklariga to`lib toshgani aytilmoqda.Biroq tabriklarning eng hayratlanarlisi...
​Shohruhxon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi

24.07.2019, 10:32

Bu haqida xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi. Quyida ushbu muhim kundan fotolarni tomosha qilishingiz mumkin.
Mashhurlar tarixiy obrazda (foto)

24.07.2018, 10:27

Internet tarmoqlarida o`zbek kino yulduzlarining yangi qiyofalari paydo bo`ldi... Avval hech ham bunday tarixiy obrazda namoyon bo`lmagan mashhurlarning suratlarini sizlarga ham “ilindik”... Ma`lumot o`rnida: Ushbu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1