O`zbekiston Prezidenti «O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko`chirish to`g`risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
“O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2016 yil 4 sentyabr yakshanba dam olish kuni 2016 yil 2 sentyabr juma kuniga ko`chirilsin”,—deyiladi qarorda.
Qarorga muvofiq, 2016 yil 4 sentyabr yakshanba kuni ish kuni deb e`lon qilindi.





