AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda qamoqdagi mahkum 500 mln so`m qalbaki pul tayorlab, sotdi (video)

'Qashqadaryoda qamoqdagi mahkum 500 mln so`m qalbaki pul tayorlab, sotdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Koson tumanida yashovchi vaqtinchalik ishsiz bo`lgan fuqaro Turdievning ko`p miqdordagi soxta so`m kupyuralarni yashirin ravishda muomalaga kiritmoqchi bo`layotgani haqidagi tezkor ma`lumot kelib tushadi. 

500 millin so`mlik qalbaki pullarni 125 million so`m miqdoridagi haqiqiy pullar evaziga savdolashib, shartli xaridorga 300 million so`mini keyinroq etkazib berishni va`da qilgan holda soxta kupyuralarning 200 millionini 50 million so`m haqiqiy pulga sotayotganda qo`lga olindi.

Olib borilgan surishtiruv ishlarida fuqaro Turdievga Koson tumanida yashovchi Sharofov va Qurbonovlar tomonidan etkazib berilayotgani aniqlangan va davom ettirilayotgan tezkor tadbirda ular ham qo`lga  olingan. 

Bu ikki fuqaroga soxta pullarni Koson tumanida bo`lgan va 2020 yilda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko`ra ozodlikdan mahrum etilib, ayni paytda Qamashi tumanidagi qamoqxonada jazo muddatini o`tayotgan mahkum G`aybullaev etkazib bergani ma`lum bo`ldi. Mahkumni ozodlikka chiqishiga 3 oy qolgan bo`lgan.

Eng achinarlisi u o`zi tayyorlagan soxta pullarni sheriklariga etkazib berishda rafiqasi va voyaga etmagan farzandidan foydalangan. 

    Boshqa yangiliklar