AsosiyJinoyat

Jizzaxlik maktab o`quvchisi telegram orqali fuqaroni chuv tushirdi

'Jizzaxlik maktab o`quvchisi telegram orqali fuqaroni chuv tushirdi'ning rasmi

Jizzax viloyatida 16 yashar maktab o`quvchisi telegram messenjeri orqali kreditga mashina olib beraman deb, fuqaroni chuv tushirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi, fuqaro Z.J. ariza bilan murojaat qilgan. U telegram messenjeridagi “Avtokredit bosh to`lovsiz” guruhiga a`zo bo`lgani, o`zini guruh administratori deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 yil muddatga 90 000 000 so`mga 16 foizdan Nexia-3 rusumli mashinani olib berishini va`da qilganini, shundan so`ng kelishuv asosida boshlang`ich 2 180 000 so`m pulni qo`lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o`chirib tashlanganini bildirgan Fuqaro guruh administratoriga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo`li bilan pullarni o`zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 2006 yilda tug`ilgan 10-sinf o`quvchisi M.D. ekani aniqlangan.

M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar