AsosiyJamiyat

Surxondaryoda hamshira ayol farzandi oldida kaltaklandi (video)

'Surxondaryoda hamshira ayol farzandi oldida kaltaklandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida kaltaklangani haqidagi video-lavha tarqaldi. Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo`limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, 18 oktyabr kuni ziddiyatli holat yuzaga kelgan.

Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati etkazgan.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining odob-ahloq qoidalariga zid hatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirilgan hamda kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog`lig`i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanayotgani ma`lum qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar