AsosiyJinoyat

Farg`onada mahbusni qamoqdan chiqarib berish uchun 10 ming dollar talab qilindi (video)

'Farg`onada mahbusni qamoqdan chiqarib berish uchun 10 ming dollar talab qilindi (video)'ning rasmi

Farg`onada qamoqqa olingan shaxsni pul evaziga chiqarib berishni va`da qilganlar qo`lga olindi.

 Bu haqda xabar bergan "Vaziyat 24" dasturiga ko`ra, muqaddam sudlangan D.Q. va U.M. oldindan til biriktirib, fuqaro D.S.ning tergov organi tomonidan ayblanib, qamoqqa olingan tanishini chiqarib berishni va`da qilgan. Ular bu ishni huquqni muhofaza qilish organlarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilish evaziga fuqarodan 10 ming dollar talab qilgan.

Huquq-tartibot organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda D.Q. va U.M. Qo`qon shahar Turkiston ko`chasida 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Ta`kidlanishicha, D.Q. uch nafar fuqarodan jarima maydonlaridagi mashinalarni chiqarish, haydovchilik guvohnomasini olib berish va boshqa harakatlari uchun pul olgani yuzasidan arizalar kelib tushgan.

    Boshqa yangiliklar