Toshkentda qurilish ishlari may oyida boshlangan, umumiy uzunligi 22 kilometrni tashkil etgan yangi avtomobil xalqa yo`li avtotransport vositalari harakati uchun ochildi.
Yangi yo`l Nurafshon ko`chasini Tinchlik metrosidan Muqimiy va Nukus ko`chalari bilan Oqtepa maydonidagi transport chorrahasi orqali bog`laydi.
Yangi yo`lning ochilishi boshqa trassalardagi tirbandlikning oldini oladi va shahar markazidan Chilonzor, Eski shaharga tezda etib borishni ta`minlaydi va poytaxtning sakkizta tumanini bog`laydi.