Olimpiya shon-shuhratlar muzeyida Rio–2016 Olimpiada qahramonlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etilgan pul mukofotlarining sertifikati hamda O`zbekiston MOQ tomonidan Chevrolet Malibu avtomobili kalitlari topshirildi.
Mazkur xabar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining "Telegram"dagi rasmiy kanalida e`lon qilindi.


Eslatib o`tamiz, Rio-2016 Olimpiadasida oltin medalni qo`lga kiritgan sportchilar 200 ming, kumush medali egalari 100 ming, bronza medali sohiblari 74 ming AQSh dollari bilan taqdirlanishi to`g`risida 23 avgust kuni O`zbekiston Prezidenti farmoyish imzolandi.





