AsosiyJamiyat

G`afur G`ulom bog`ining nomi o`zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi

'G`afur G`ulom bog`ining nomi o`zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi'ning rasmi

G`ofur G`ulom bog`i test rejimida faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik

So`ngra bog`ining yangi inglizcha nomi e`tirozlarga sabab bo`lgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan G`afur G`ulom bog`ining nomi o`zgarishi haqida bildirilgan e`tirozlarga nisbatan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, bu borada Chilonzor tumani hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash bo`yicha maslahatchisi Botir Rasulov bergan ma`lumotlarga ko`ra, bog`ning nomlanishiga rasman o`zgartirish kiritilmagan.

Bog` nomini o`zgartirish haqida Geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo`yicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan.

"Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham e`tiborga olinadi. Bog` oldin atalgan nomi G`ofur G`ulom nomidagi bog` bo`lib qoladi", — deydi Botir Rasulov.

    Boshqa yangiliklar