Farg`onada ikki norasida hayotning eng shirin damlarini o`tkazadigan, chopqillab yuradigan bir vaqtda yurishdan ham mosuvo bo`lib qoldi. Endi ular boshqa bolalar kabi emin-erkin harakatlana olmasligi mumkin.
Achinarlisi bunga hamshiralar sababchi bo`lib qoldi. Ularning noto`g`ri muolajalari natijasida bolalar salomatligi yomonlashgan. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida xabar berildi.
Ma`lum bo`lishicha, 2022 yilning 18 aprel kuni hamshira S. shifokor tomonidan tavsiya etilgan antibiotikni "Lidokain"ga eritib, bemor Abdurahimovaning chap yon bosh sohasiga in`eksiya qiladi. Buning natijasida bemor oyog`ida kuchli og`riq bo`lib, ishlamay qolgan. Joriy yilning 3 iyul kuni esa hamshira Q. shifokor tomonidan berilgan No-Shpa va Dimedrol dori vositasini voyaga etmagan A. ga noto`g`ri in`eksiya qilishi oqibatida bemor bolaning o`ng oyog`i uvushib, ishlamay qolgan.
Ma`lum bo`lishicha, sud tibbiy ekspertizasining xulosasida ushbu salbiy holatlar texnik jihatdan noto`g`ri qilingan in`eksiya natijasida sodir bo`lganligi ma`lum qilingan.
"Mazkur holat bo`yicha Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 116 moddasining 1-qismi bilan ikki hamshiraga nisbatan jinoya ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilgan. Ushbu sayyor holatlar ochiq sayyor sud majlisida shifokorlar, hamshiralar ishtirokida ko`rib chiqildi. Etqazilgan moddiy zararlar qoplangani sababli jinoyat ishlari tugatildi", — deydi JIB Qo`qon shahar sudi sudyasi Mashrabjon Ulug`bekov.






