1 sentyabr kuni Toshkentning 12 ta maskanida O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan bayram tadbirlari va xalq sayillari bo`lib o`tadi. Bayram tadbirlari 11:00 dan 18:00 ga qadar bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bayram tadbirlari bo`lib o`tadigan joylar ro`yxati
• Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy bog`i;
• Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog`i;
• Bobur nomidagi istirohat bog`i;
• Mirzo Ulug`bek nomidagi istirohat bog`i;
• Furqat nomidagi istirohat bog`i;
• G`afur G`ulom nomidagi istirohat bog`i;
• Toshkent hayvonot bog`i qarshisidagi maydon;
• Davlat sirki qarshisidagi maydon;
• Mudofaa vazirligi Ma`naviyat ma`rifat markazi qarshisidagi maydon;
• «Baxt diyor» guzari qarshisidagi maydon;
• «Lokomotiv» istirohat bog`i;
• «Quyoshcha nuri» istirohat bog`i.