Buxoro viloyati Peshko` tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor "Varaxsha tulpori" fermer xo`jaligining undiruvchi DSI va boshqalardan 93,0 mln. so`m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Ijroni ta`minlash maqsadida Byuroning Peshko` tuman bo`limi davlat ijrochilari joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 11:30 larda tumanning "Varaxsha" MFY hududida joylashgan "Varaxsha tulpori" fermer xo`jaligi dala shiyponiga borib, qarzdor fermerga ijro hujjati talablarini tushuntirayotgan vaqtda qarzdor fermer va uning o`g`li to`satdan davlat ijrochisiga tashlanib, uning bo`ynidan bo`g`ib, tan jarohati etkazishgan. Bu haqda O`zA yozmoqda.
O`sha joyda bo`lgan davlat ijrochilari va Ichki ishlar hodimlari tajovuzkor fermer va o`g`lining noqonuniy xatti-harakatlarini to`xtatgan.
Mazkur holat yuzasidan Peshko` tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tajovuzkor fermer va o`g`li ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.