1

Dubay amiri ish vaqtida joyida bo`lmagan 9 nafar amaldorni vazifasidan chetlatdi

Dunyo 30.08.2016, 15:05
Teglar: Ish beruvchi, Ish
Dubay amiri ish vaqtida joyida bo`lmagan 9 nafar amaldorni vazifasidan chetlatdi

Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri va Dubay amiri shayx Muhammad to`satdan o`tkazilgan tekshiruv vaqtida ish joyida bo`lmagan yuqori mansabli 9 nafar amaldorni ishdan bo`shatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Yakshanba kuni ertalab, shayx Muhammad hukumat idoralarida, Dubay aeroportida, iqtisodiy rivojlanish va er masalalari bilan shug`ullanuvchi departamentda to`satdan tekshiruv o`tkazdi. BAA da boshqa musulmon mamlakatlari kabi, juma dam olish, yakshanba esa haftaning birinchi kuni hisoblanadi. 

Bir qancha hukumat idoralarini aylangan shayx Muhammad amaldorlarning ish joylarida yo`qligini ko`rgan. Ertasi kuni shayx Muhammad 9 nafar amaldorni ishdan bo`shatish haqida buyruq bergan. Ularning orasida huquqiy masalalarni hal etuvchi departmentning ijrochi direktori, apparat ma`muriyati direktori, bosh direktor muovini va ularning bir qancha yordamchilari bo`lgan. 

Shayx Muhammad ularni ishdan bo`shatib, “Kelajak avlod rahbarlariga rivojlanishning kelgusi bosqichida mas`uliyat va javobgarlikni his qilish bo`yicha” ibrat namunalarini ko`rsatmoqchi bo`lgan. BAA bosh vaziri ishdan bo`shatilgan amaldorlarga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, shu paytgacha qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

67 yoshli shayx Muhammad 2006 yildan beri Dubayga rahbarlik qilib keladi. U shaxsan bir qancha — shu jumladan Emirates avia yuk tashuvchi kompaniyasining, mashhur Burj-al- Arab mehmonxonasining, Palma orollarining iqtisodiy rivojlanishida etakchilik qilgan.

Sharhlar

Germaniyadagi yangi ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi

19.08.2021, 09:10

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda  Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qilmoqda.Bo`sh...
Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga muhim yangilik e`lon qilindi

17.08.2021, 15:33

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qildi.Bo`sh...
Ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to`langan soliq qoplab beriladi

24.07.2021, 19:29

Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to`liq qoplab berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom...
​SSV: Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlarining bor-yo`g`i 33 foizi ish bilan ta`minlangan

19.06.2017, 15:44

Bugun mamlakatimizda yoshlarni o`zi tanlagan sohaning malakali mutaxassisi bo`lib etishishi uchun tizimda izchil islohotlar o`tkazilmoqda. Ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talabiga to`liq javob berish uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1