Janubiy Koreya prezidenti Korei Yun Sok Yol Itaevon tumanida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinchdan keyin milliy motam e`lon qildi.Davlat rahbarining murojaati YTN telekanali orqali namoyish etildi.
Koreya rahbari halok bo`lganlar va qurbonlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi va voqeani “bo`lmasligi kerak bo`lgan fojia” deb atadi. U barcha jabrlanganlarga zaruriy muolajalar ko`rsatish, fojia sabablarini aniqlash va kelajakda bunday holatlarning oldini olishga va`da berdi.
“Bugundan boshlab vaziyatni bartaraf etish tugaguniga qadar mamlakatda milliy motam e`lon qilaman. Bu vaziyatni hal qilish va kelgusida chora ko`rish hukumatning ustuvor yo`nalishi bo`ladi... Biz hodisa sabablarini chuqur o`rganmoqdamiz va kelajakda bunday bo`lmasligi uchun fundamental choralar ko`ramiz”, — dedi u.






