29 avgust kuni “Turkiston” saroyida “Savdo va xavsizlik” tanlovining shahar bosqichi natijalari e`lon qilindi. Mazkur tanlov Toshkentning eng yaxshi savdo nuqtalari va ovqatlanish majmualarini aniqlashga qaratildi.
Tanlov natijalariga ko`ra, “Samarqand Darvoza” savdo-ko`ngilochar majmuasi eng yaxshi gipermarket deb tan olindi. Ikkinchi o`rin “Chilonzor buyum savdo kompleksi” (“Abu Saxiy” bozori), uchinchi o`rin – “Next” savdo – ko`ngilochar majmuasiga nasib qildi.
Restoranlar orasida eng yaxshi deb “Marmaris” tan olindi. Tanlovning kumush medali “Palete” restoraniga, bronza – “Lord” restoraniga nasib qildi.
G`oliblarni tantanali ravishda Toshkent shahar hokimi Raxmonbek Usmonov taqdirladi.





