Bugun, 30 oktyabr kuni soat 15:27 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani "Laylatug`on" ko`chasida "MATIZ" rusumli avtomobil yonayotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:32 da etib borgan va yong`in soat 15:38 da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida avtomobil to`liq yonib zararlangan.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong`in natijasida fuqarolarni tan jarohati olish va xalok bo`lish xolatlari qayd etilmadi.
30.10.2022 12:34
Toshkentda "Matiz" butunlay yonib ketdi






