AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 31 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra...

'"O`zgidromet" 31 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra...'ning rasmi

O`zgidrometning ma`lumotlariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarimda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar