Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Yozishicha, "olx .uz" platformasida "Kreditga tilla va brilliantlar" nomli e`lonni ko`rib, uni joylashtirgan shaxs bilan telegram orqali bog`langan.
Shunda xaridor sotuvchidan 20 gramm tilla taqinchoqlarni olishini aytgan. "Sotuvchi" esa buning uchun oldindan 2,2 mln so`m pullarni bank kartasiga o`tkazib berishini aytgan. Xaridor esa u so`ragan pullarni o`tkazib, to`lov qilgan.
Shu paytning o`zida firibgar "sotuvchi" xaridor bilan gaplashgan barcha yozishmalarni o`chirib, yo`q bo`lib qolgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o`zlashtirgan shaxs oldin ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi 24 yoshli ayol ekanligi aniqlangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






