Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.O. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, go`yoki Amerika Qo`shma Shtatlari elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali 30 000 AQSh dollari evaziga unga chet davlatga chiqish huquqini beruvchi “VISA” hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
31.10.2022 07:49
30 ming dollarga AQSh elchixonasidan Visa' olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi






